Yangi hujjatlar

Муаллиф архиви: Хушнудбек Худайбердиев

Diananing o‘limi uchun maktab qancha tovon to‘laydi?

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning mehnat ta’limi o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeyevaning vafoti barchamizni chuqur qayg‘uga soldi. Voqeaning tafsilotlari, kelib chiqish sabablari, oqibatlari haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, maktab o‘qituvchisi hashar ishlariga jalb qilingan vaziyatda vafot etsa, uning oilasiga zarar, ya’ni xalq tili bilan aytganda tovon puli to‘lanadimi? Keling, shu masalani batafsil ko‘rib chiqamiz. Maktab qanday zararlarni to‘lashi kerak? Mehnat kodeksining 192-moddasiga binoan, xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki ... Батафсил »

Nomi ulug‘, suprasi quruq “qizil diplom” kimga kerak?

Xalq orasida “qizil diplom” atamasi bilan nomlanadigan diplomlarning rasmiy nomi aslida “imtiyozli” diplomdir. Oliy ta’lim muassasalarida “imtiyozli” diplomlar bakalavriatura bosqichida o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan talabalarga berilishidan xabaringiz bor. Ammo ko‘pchilikni mazkur “imtiyozli” diplom aslida qanday imtiyoz beradi, degan savol o‘ylantiradi. Keling, bugungi maqolamizda shu bo‘yicha fikrlashsak. Qizil diplom talabaga nima beradi? Hech narsa! Faqat qizil rangni xush ko‘ruvchilar yoki ko‘k rangni yoqtirmaydiganlar uchun taskin berishi mumkin xolos. Ammo bundan boshqa birorta imtiyoz qonunchilikda nazarda tutilmagan. Unda nima uchun “qizil ... Батафсил »

Rossiyadagi talabalarga hech qanday to‘siqlarsiz o‘qishini O’zbekistonga ko‘chirish imkoniyati berilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yildan boshlab yurtimizdagi OTMlarga qabul jarayonlari mutlaqo yangi tizimda o‘tishidan allaqachon xabaringiz bo‘lsa kerak. Bugungi kunda yuqoridagi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator normativ-hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, shunday o‘zgarishlardan biri xorijdagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarining yurtimizga o‘qishini ko‘chirish jarayonlarida ham rejalashtirilmoqda. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga ... Батафсил »

Mendan so‘rasangiz – sifatsiz ta’lim asosiy aybdor deyman

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi fojiada halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni ko‘rib, yurak-bag‘rim yana qon bo‘ldi. Albatta har bir vafot etgan shaxsning dog‘i barchamiz uchun yuk, lekin halok bo‘lganlar orasida ota-bola, aka-ukalarning borligi qalbimizni battar tirnayapti. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidan ota-bola – 1970 yilda tug‘ilgan Ma’rifjonov Adhamjon (48 yosh) hamda ularning farzandi Avazbek (21 yosh) ham halok bo‘libdi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan aka-ukalar Madraximov Xamidullo (32 yosh) va Xabibullo (27 yosh) bu yorug‘ olamni erta tark etishdi. Farg‘ona viloyati ... Батафсил »

Kirish test sinovlarida savollar sonini qisqartirish rejalashtirilmoqda

Joriy yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan OTMlarga kirish imtihonlari mutlaqo yangi tizimda o’tkazilishi belgilandi. Xususan, test sinovlari 1-15 avgustda har kuni 2 smenda katta pavilyonlarda bo’lib o’tadi. Test javoblari ertasi kuniyoq e’lon qilinadi. Testdagi yana bir muhim o’zgarish, endi bitta fan blokidagi savollar soni 36 tadan 30 taga tushirilishi rejalashtirilmoqda (hali tasdiqlanmadi). Loyihaga ko’ra, 3 ta fandan topshirganlar 90 ta savolga 2 soatu 40 daqiqa ichida, 2 ta fandan topshiradiganlar esa 60 ta savolga 1 soatu 40 daqiqa ichida ... Батафсил »

Toshkent shahridagi doktorantlar propiskasi bo‘lmasa ham arzon uy-joy sotib olishlari mumkinmi?

Assalomu alaykum hurmatli Kun.uz jamoasi. Men Kamalova Dilnavoz. Navoiy shahrida doimiy ro‘yxatda turaman. Hozirda Toshkent davlat texnika universiteti Tayanch doktoranturasi 2-bosqich doktorantiman. Turmush o‘rtog‘im ham 2-bosqich doktoranti. Biz 1 yildan beri Olmazor tumanida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib, ijarada 2 nafar farzandimiz bilan yashab kelmoqdamiz. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori 3-bob, 38-qism «z» kichik bandiga ko‘ra tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar arzon uy-joylarni imtiyozli olishi mumkinligi yozilgan. Ushbu qaror nizomi va ilovalarida «propiska» haqida ... Батафсил »

Ilk bor. Yil davomidagi dam olish kunlari oldindan ma’lum qilindi (infografika)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 28-dekabr kuni «2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolaganidan xabaringiz bor. 2018-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish Farmonning asosiy maqsadi hisoblanadi. Quvonarli tomoni,-yil davomidagi ish va dam olish kunlarini oldindan rejalashtirish amaliyoti O‘zbekistonda ilk-marta bo‘lmoqda. Bunday amaliyot o‘zining samaradorligi nuqtai nazaridan xorijiy tajribada keng qo‘llaniladi. ... Батафсил »

Tungi navbatchilikda qolgan o‘qituvchiga haq to‘lanadimi?

Kun.uz tahririyatiga o‘qituvchi mushtariylardan biri savol yubordi. Unda ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning tungi navbatchilik qilishi to‘g‘risida qonunchiligimizda nima deyilgani, tungi navbatchilikda qolgan o‘qituvchilarning qanday huquqlari borligi haqida so‘ralgan. Ularga haq to‘lanadimi? Bayramlar arafasida ko‘plab korxona va tashkilotlarda kunduzgi yoki tungi navbatchiliklar tashkil qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad jamoat xavfsizligini saqlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish, o‘z vaqtida bartaraf etish, shuningdek, bu haqda vakolatli idoralarga tezkorlik bilan xabar berish va h.k. Shu o‘rinda yuqoridagi pedagog kabi ko‘pchilikda aynan navbatchilik bo‘yicha ... Батафсил »

1 декабрдан ойлик иш ҳақлари 15 фоизга кўтарилади

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 20 ноябрь куни иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисидаги фармонни имзолади. Фармонга мувофиқ, 2017 йилнинг 1 декабридан бошлаб бюджет муассасалари ва ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ҳамда нафақалар миқдори ўрта ҳисобда 1,15 бараварга оширилади. Фармонга кўра, 2017 йилнинг 1 декабридан Ўзбекистон ҳудудида энг кам: иш ҳақи — ойига 172 240 сўм; ёшга доир пенсиялар — ойига 336 880 сўм; болаликдан ногиронларга бериладиган нафақа — ойига 336 880 сўм; зарур иш ... Батафсил »

Amnistiya va afvning bir-biridan 10 ta farqi

“Qonunni buzgan, biroq o‘z qilmishining huquqqa xilofligini anglagan va tuzalish yo‘liga o‘tganligini qat’iyatlik bilan namoyon qilgan shaxslarga jamiyat va o‘z oilasi davrasiga qaytish imkonining berilishi, o‘zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ro‘yobga chiqarilishi hisoblanadi”. Ushbu gap kuni-kecha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5071-son farmoyishida aks etdi. Mazkur farmoyish qabul qilingandan so‘ng, ko‘pchilikda “Prezident ... Батафсил »

Юқорига