Янги ҳужжатлар

Рукн архиви: Суд-ҳуқуқ

Feed Subscription

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom e’lon qilindi

«Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 277-son qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga ko’ra Oliy harbiy ta’lim muassalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi batafsil yoritilgan. Sizga ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassalariga qabul jarayoni yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassalaridagi qabul jarayonidan farq qiladi. Imtihon kuni ham oliy harbiy ta’lim muassalarida boshqa kunda, ya’ni 1-avgustda emas, balki 10-iyul kuni o’tkaziladi. Birozdan so’ng mazkur qarorning ... Батафсил »

Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi tashkil etiladi

«Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 sentyabrdagi PQ–1822-son qarori e’lon qilindi. Bunga ko’ra endi, O’zbekistonda aynan sport kurashlariga ixtisoslashgan maxsus olimpiya zaxiralari maktabi tashkil qilinadi. Birozdan so’ng mazkur qarorning batafsil matni bilan tanishasiz. Blogimni kuzatib boring. Батафсил »

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo’yicha Prezident qarori e’lon qilindi

Xalqaro valyuta fondi | economist.uz O’zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O’zbekiston Prezidentining qarori e’lon qilindi. Unga ko’ra 2010-yilning 15-dekabridagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchilar Kengashining«Kvotalarni umumiy o‘n to‘rtinchi qayta ko‘rib chiqish va Ijro etuvchi kengashni isloh qilish» haqidagi 66-2-sonli Rezolyutsiyasiga muvofiq Jamg‘armaga a’zo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim bo‘lgan Ijro etuvchi kengashni isloh qilish to‘g‘risidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi Bitimi moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilindi. Shuningdek, ... Батафсил »

Kontraktda o’qiyotgan ota-ona qaramog’isiz qolgan talabalar uchun kontrakt to’lash muddati uzaytirildi

Qayta ta’mirlangan 22-sonli mehribonlik uyi © nasimov.uz 2012/2013 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalarida to’lov kontrakt asosida o’qiyotgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo’lgan hamda ota-ona qaramog’isiz qolgan 1-4 kurs talabalari uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to’lash muddati joriy yilning 15 noyabrigacha uzaytirildi. Ushbu o’zgartirish “Sen yolg’iz emassan” Respublika bolalar jamoat fondining tashabbusiga ko’ra amalga oshirilgan. Xozirda yuqorida qayd etilgan toifadagi talabalarga shartnoma pullarini to’lab berish xayriya loyihasi ko’rib chiqilmoqda. Eslatib o’taman, oliy ta’lim muassalarida to’lov kontrakt pullarining kamida birinchi yarmini to’lash sanasi 1-kurslar uchun ... Батафсил »

Saylov qonunchiligiga o’zgartirish kiritilmoqda

Oliy Majlis binosi © gov.uz Xozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritish loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko’ra qonun loyihasida quyidagi asosiy qoidalar takomillashtirilishi nazarda tutilmoqda: 1. Shunday yangi norma kiritilmoqdaki, unga ko‘ra «Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shuningdek, ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internetga) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bunday normaning kiritilishi saylovchilarning ... Батафсил »

O’zbekiston Respublikasi Viloyat hokimlari ro’yhati

Toshkent shahar hokimiyati binosi © uzdaily.uz O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishga ko’ra 12 ta viloyat, Toshkent shahar va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tashkil topgan. Viloyatlar va Toshkent shaharda hokimlar boshqaruvni amalga oshirsa (O’zR Konstitutsiyasi, 102-modda), Qoraqalpog’istonda Vazirlar Kengashi bu ish bilan shug’ullanadi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi (O’zR Konstitutsiyasi, 102-modda). Bugungi kunda viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi hokimlar faoliyat olib bormoqda: Аndijоn vilоyati – Usmanov Ahmadjon Tugilovich Buхоrо vilоyati – Esanov Muhiddin Turdiyevich Jizzах ... Батафсил »

O’zbekiston Respublikasi Vаzirlаri ro‘yхаti

Vazirlar Mahkamasi binosi © gov.uz Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida 14 ta vazirlik faoliyat olib bormoqda. Vazirlarni o’z lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi qonunining 4-moddasiga ko’ra Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda yurtimizda quyidagi 14 ta vazir faoliyat olib bormoqda: O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri – AZIMOV Rustаm Sоdiqоvich O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri – SAIDOVA Galina Karimovna O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri – XAITOV Aktam Axmatovich O‘zbеkistоn ... Батафсил »

Mehnat daftarchalarini xodimlar qo’liga berishga ruxsat etildi

Mehnat daftarchasi © norma.uz ““Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i e’lon qilindi. Unga ko’ra eng katta o’zgarish – bu endi mehnat daftarchasini vaqtinchalik (uzog’i 5 kunga) xodimlarning qo’liga taqdim etish qoidasi kiritildi. Ya’ni, yo’riqnomaning 2.5-band quyidagi tartibda tahrir qilindi: 2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko’chirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi. Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko’ra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 ... Батафсил »

ҚЯ: Хизмат вазифасини бажараётганда ҳалок бўлган ИИВ ходимларига ойлик маошининг 50 баравари миқдорида нафақа тўланади

Qasamyod qabul qilish vaqtida © mvd.uz “Хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ёки тан жароҳати олган ички ишлар органлари ходимлари ва ҳарбий хизматчиларига бир йўла тўланадиган нафақани тўлаш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида” Ички ишлар вазирининг буйруғи чиқди. Унга кўра ички ишлар органи ходими ва ҳарбий хизматчиси хизмат вазифасини бажараётган вақтда ҳалок бўлганда, унинг меросхўрларига марҳумнинг ойлик иш ҳақининг 50 бараваригача бўлган миқдорда нафақа тўланади. Бу нафақа ўрта ҳисобда агар ИИО ходимининг ойлигини 500 минг сўм деб оладиган бўлсак, унда 25 млн. ... Батафсил »

Қонунчиликдаги янгиликлар: “Қамчиқ” довонидан баъзи юк машиналари ўтишига чеклов қўйилди

“Qamchiq” dovonidagi tunnel © nasimov.uz Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлигининг “Юк автотранспорт воситаларини “Қамчиқ” довонидан ўтиши ва ҳаракатланиши устидан назорат қилиш тартиби тўғрисидаги Низом”и тасдиқланди.Унга кўра, “Қамчиқ” довонидан ўтаётган юк машиналари қатъий рўйҳатга олиш ва текширувдан ўтказилади. Шунингдек, фойдаланиш муддати қуйидагича бўлган юк автотранспорт воситаларига “Қамчиқ” довонидан ўтишга рухсат берилмайди:25 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2012 йил 1 октябридан;20 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2014 йил 1 июлидан;15 йил ва ундан ортиқ бўлса – ... Батафсил »

Юқорига