100 yoshdan oshgan 14 nafar Oʼzbekiston fuqarolari “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

2014 yil 25 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida”gi farmonga imzo chekdi. Farmonning rasmiy matni OʼzАda eʼlon qilindi.

Unga koʼra, 100 yoshdan oshgan 14 nafar yurtdoshlarimiz «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Ular quyidagilar:

1. Аtabaev Mamadjan – Namangan shahri, Namangan viloyati

2. Аtaboeva Dilbarxon – Oltinkoʼl tumani, Аndijon viloyati

3. Boymurodova Tuman – Xatirchi tumani, Navoiy viloyati

4. Donaeva Buston – Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati

5. Joʼraeva Uljon – Narpay tumani, Samarqand viloyati

6. Kadirov Yuldash – Shayxontohur tumani, Toshkent shahri

7. Mamatalieva Аnor – Shoʼrchi tumani, Surxondaryo viloyati

8. Nazarov Karim – Vobkent tumani, Buxoro viloyati

9. Nomonova Xuriliqo – Forish tumani, Jizzax viloyati

10. Raximova Tursunoy – Buvayda tumani, Fargʼona viloyati

11. Erimbetova Аysha – Ellikqalʼa tumani, Qoraqalpogʼiston Respublikasi

12. Yulьyakshieva Ugilay – Guliston tumani, Sirdaryo viloyati

13. Yusupova Аshirat – Urganch tumani, Xorazm viloyati

14. Yusupova Xabiba – Oʼrta Chirchiq tumani, Toshkent viloyati

Eslatib oʼtaman, “Shuhrat” medali 1994 yil 5 may kuni taʼsis etilgan boʼlib, mazkur medalь bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida oʼzining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlmagan shaxslar mukofotlanadilar.

«Shuhrat» medali bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh karrasi miqdorida bir yoʼla toʼlanadigan pul mukofoti oladilar.

«ShUHRАT» MEDАLINING TАVSIFI

shuhrat-medali

«Shuhrat» medali dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qotishma qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan boʼladi.

Medal diametri 34 millimetrli doira shaklida.

Medalning old tomonida koʼtarilib kelayotgan quyosh nurlari ichida Oʼzbekiston iqtisodiy qudratining ramzi boʼlgan manzara boʼrtma yoʼsinda tasvirlangan.

Medalning quyi qismida oq emal fonida qabariq harflarda «SHUHRAT» degan yozuv beriladi. Harflarning balandligi 2 millimetr. Medalning chetlari ikki tomondan boʼrtma doira bilan hoshiyalangan.

Medalning orqa tomonida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

Medalning qalinligi 3 millimetr.

Medal respublika Davlat bayrogʼi ranglaridagi yoʼl-yoʼl shoyi mato sirilgan besh burchakli qadagʼich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Koʼk, oq va yashil yoʼllarining eni 7 millimetrdan, qizil yoʼllarining eni 1,5 millimetr.

Qadagʼichning boʼyi 48 millimetr, eni 45 millimetr.

Medal toʼgʼnogʼich bilan taqiladi.