Bosh vazir lavozimiga Аbdulla Аripov nomzodi taqdim etildi
2016 yil 12 dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yigʼilishda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʼrsatish masalasi Siyosiy Kengash aʼzolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Maʼlumki asosiy qonunimizga binoan, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʼp deputatlik oʼrinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʼrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Majlis ishtirokchilari boʼlib oʼtgan muhokamalar natijasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir lavozimiga hozirda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Аbdulla Nigmatovich Аripov nomzodini taqdim etish toʼgʼrisida qaror qabul qildilar.

АRIPOV Аbdulla Nigmatovich
Tugʼilgan joyi: Toshkent shahri
Tugʼilgan sanasi: 24.05.1961 y. Millati: oʼzbek
Maʼlumoti: oliy. 1983 yili Toshkent aloqa institutini tamomlagan.
Ilmiy unvoni: Iqtisodiyot fanlari nomzodi
“Doʼstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.
А.Аripov ilgari 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002 yil mayidan 2012 yil avgustiga qadar bosh vazir oʼrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bir vaqtning oʼzida 2005−2009 yillarda Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.
Oilali, 5 nafar farzandi bor.