Fuqarolar ID-kartani qayerdan olishlari mumkin?
Fuqarolar ID-kartani qayerdan olishlari mumkin?
AOKAdagi brifingda IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi mutasaddilari mazkur masalaga oydinlik kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, ID-karta olish jarayoni ekcterritorial xususiyatga ega. Toshkent shahridami yo boshqa viloyat miqyosidami, fuqarolar o‘zi istagan, yaqin migrasiya boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin. Ya’ni xohlagan tumandan ID-karta olish imkoniyati mavjud. Buning uchun pasport yo uning o‘rnini bosuvchi hujjatni taqdim qilish kifoya.
