HUMO kartalari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh berildi
HUMO kartalari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda barcha pensiya oluvchilarining HUMO kartalariga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarlar faol tarqalmoqda. Ammo aytish joizki, qay turdagi kartani chiqarish va uni kimga berishga oid qarorlar bank faoliyati doirasida qabul qilinadi.
MBPM kartalarni faqatgina bank tomonidan berilgan buyurtmadagi miqdorga asoslanib chiqaradi.
Bugungi kungacha, Xalq banki ma’lumotiga ko‘ra, pensiya oluvchilar uchun jami 1 228 000 (bir million ikki yuz yigirma sakkiz ming) karta chiqarilgan, ulardan faqat 391 000tasi, ya’ni 32%i HUMO kartalaridir.
7 va 8-may kunlari, soat 11:00 dan 13:00 oralig‘ida POS terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatildi. Bunga - pul mablag‘larini pensiya kartalariga o‘tkazish operasiyalarining shiddatli ravishda o‘sishi, shuningdek bank kassalari va bankomatlari orqali pul mablag‘larini naqdlashtirish xizmatlariga talabning yuqoriligi sabab bo‘ldi.
Bularning barchasi keskin va qisqa muddali nosozliklarga, ya’ni natijasiz bank operasiyalari sonining o‘sishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu vaziyat bankomatlar yoki elektron to‘lov tizimilari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Ayni damda, prosyessing markazi quvvatlarini kengaytirish va dasturiy ta’minotni yaxshilash bo‘yicha uzluksiz ish olib borilmoqda.
Karta egalari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun MBPM Xalq banki bilan hamkorlikda pensiya oluvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar yanada takomillashtirilmoqda: bankomatlar hududiy qayta o‘rnatilmoqda, qo‘shimcha kassalar ochilmoqda.
“Karta egalariga yuzaga kelgan vaziyat uchun uzrlarimizni bildiramiz. HUMO – nisbatan yangi tizim, uni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Biz bor kuchimiz bilan mijozlarimiz ishonchini oqlashga va bu tizimni imkon qadar qulay va ishonchli qilishga harakat qilyapmiz”, - deya ta’kidladi, “Milliy banklararo prosyessing markazi” MChJ direktori Shuhratbek Qurbonov.
