Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:

«Vazirlikdagi dastlabki uch kunlik faoliyatimdan kelib chiqib, qisqacha xulosamni aytadigan bo‘lsam, afsuski, taassurotlar kishini xursand qilmaydi, – dedi vazir o‘z so‘zida. - Jamoada erkin va ijodiy muhit yo‘qday, xodimlar horg‘in va tashabbus ko‘rsatmaydi. Sababi ish tartibi to‘g‘ri tashkil etilmagan. Nazarimda, inson resurslari noto‘g‘ri tasarruf qilinmoqda.  

Xodimlar ishda ko‘p vaqt qolib ketishi natijasida jismonan va ruhan charchagan ko‘rinadi. Oilasiga, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratishga ulgurmasa kerak. Xodimlarga, avvalo, ish joyida erkin ishlash, ijodiy fikrlash, qolaversa dam olish uchun qulay sharoit yaratib berish va undan keyin ish unumdorligini talab qilish mumkin.

Bugundan boshlab jamoa yangicha ish tartibiga o‘tsak: qog‘ozbozlikni imkon qadar kamaytirish, ortiqcha majlisbozlikka chek qo‘yish va o‘z ishimizga mehr bilan munosabatda bo‘lib, undan zavqlanib ishlaylik. Agar har birimiz zimmamizdagi vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, bir tanu bir jon bo‘lib, hamjihatlikda ishlasak, ishimizda albatta unum bo‘ladi».