Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'zgardi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bunga qadar u Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Demak, amaldagi vazir Inomjon Madjidov lavozimidan ozod etilgani rasman o‘z isbotini topdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, u O‘zMU rektori bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, deputatlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Sherzod Hidoyatov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Bunga qadar u Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
