O‘zbekistonda yana 7 ta kompaniya turli avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda yana 7 ta kompaniya turli avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda
Bu Prezident tomonidan tasdiqlangan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturida belgilangan. Dasturga ko‘ra, yaqin yillarda quyidagi kompaniyalar ham avtotransport vositalari ishlab chiqarishni boshlaydi:
- "Navoi-Motors" (Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil, traktorlar (yiliga 12 ming dona) — Karmana tumani;
- "Manas avto-sanoat" (Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yuk mashinalari (yiliga 3 ming dona) — To‘raqo‘rg‘on tumani;
- "Namangan Shangan motors" (BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobillar (yiliga 1,8 ming dona) — Chust tumani;
- "Hyundai Motor Uz Namangan" (Koreya kompaniyalari ishtirokida) — tijorat yuk avtomobillari (yiliga 3 ming dona) — Namangan viloyati;
- "ADM Jizzakh" (Koreya eksimbanki ishtirokida) — Lada, Kia, Renault (2-bosqich, yiliga 100 ming dona) — Gʻallaorol tumani;
- "Auto Motors Asia" (Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda) — krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar (yiliga 27 ming dona) — Jizzax shahri;
- "Abbos-Eko Agro" (Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari (yiliga 10 ming dona) — Denov tumani.
