Qiziq odamlarimiz bor...

Kecha jizzaxlik akamiz armiyadan qaytgan o‘g‘lining sharafiga ziyofat qilibdi

3-aprel kuni Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi Cho‘lquvar qishlog‘ida 53 yashar X.Q. 28-mart kuni harbiy xizmatni o‘tab qaytgan o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshini yig‘ib ziyofat uyushtirgani aniqlandi.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, karantin tartibiga bo‘ysunmagan mazkur fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Barakalla, juda ajoyib! Sizday yurtdoshlarimiz bilan faxrlanamiz! Jarimani to‘lab bo‘lgach, shu dahmazadan qutilganingiz sharafiga 50 kishini yig‘ib, ziyofat bering, xo‘p? Gʻoya uchun rahmat aytishingiz shartmas. Bosing gaziga, karantinni o‘ylamang, ey, o‘ladigan 5 kunlik dunyoda ziyofatlar qoladi bizdan, yeb-ichishga ulgurib qolish kerak. Tupuring, hamma qonunlarga!