Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʼrinbosari etib tayinlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoevning 2016 yil 2 noyabrdagi qaroriga muvofiq, Shermatov Sherzod Xotamovich Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida vazirlikning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Sherzod Shermatov shu kungacha Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining avvalgi birinchi oʼrinbosari Аlisher Fayzullaev Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi..
Toshkent shahridagi Inha universitetining yangi rektori etib universitetning maʼmuriy masalalar boʼyicha menejeri lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxoʼjaev tayinlangan.
