Toshkentda 8 ming o‘rinli Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma'lum qilingan.«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.