Янги ҳужжатлар

Юридик университетда телефон олиб киришга уринган барча абитуриентлар тестдан четлатилади

Жорий йилда Тошкент давлат юридик университетда бўлиб ўтадиган кириш имтиҳонларида адолатни таъминлаш мақсадида бир қанча янгиликлар амалга оширилади. Бу ҳақида университет қабул комиссияси маълум қилди.

Шундай янгиликлардан бири тест синовлари ўтказиладиган бинога киришда абитуриент микрокалькулятор, луғат, жадвал, китоб, уяли телефон, компьютер, телекоммуникация воситалари ва шпаргалкалар олиб киришга ҳаракат қилгани назоратчилар томонидан аниқланса, ўша абитуриентга далолатнома тузилиб, у тест жараёнидан четлаштирилади.

Аслида ушбу қоида янгилик эмас. Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 20 июндаги 393-сонли қарори билан тасдиқланган “Олий таълим муассасаларининг бакалавриатига талабаларни ўқишга қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низом”да ҳам, ундан олдин амалда бўлган низомларда ҳам мазкур қоида белгилаб қўйилган эди. Бироқ ушбу қоидага доим ҳам қатъий амал қилинмас, абитуриентларнинг мазкур ножўя хатти-ҳаракати аксарият ҳолларда кечириларди.

Энди жорий йилдан бошлаб, мазкур қоидага қатъий амал қилинади. Тест ўтадиган бинога қўшимча воситалар олиб киришга уринган абитуриент аниқланиши заҳоти, тест синовларига кирмасиданоқ, имтиҳондан четлаштирилади.

Қабул комиссияси берган маълумотларга кўра, барча абитуриентлар номига махсус огоҳлантириш хатлари тайёрланди ва ДТМ варақасини олишга келган ҳар бир абитуриент яна бир бор бу ҳақида огоҳлантирилади.

Эслатиб ўтамиз, жорий йилда ТДЮУга жами 600 нафар талаба қабул қилинади ва ўзбек гуруҳига 5178 нафар, рус гуруҳига эса 954 нафар абитуриент ҳужжат топширган. Ўтган йилги билан солиштирганда абитуриентлар сони 1736 нафарга (39,5%) ошган.

Аввалроқ, Facebook ижтимоий тармоғидаги саҳифам орқали айнан мана шу масала бўйича ўз фикр ва таклифларимни билдирган эдим. Энди қолган ОТМлардан ҳам мана шундай хайрли ташаббус кутиб қоламиз.

Мавзуга оид:

Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (38)
  • Йўқ (413)
  • Бироз (4)

2 фикр

  1. Assalomu Aleykum Xushnudbek aka, szni yordamiz kerak, savolim Men va bir og’aynim ikkimiz bu yil oliy o’quv yurtini tamomladik, endi 2-mutahasislikka o’qishga tibbiyot soxasida ta’lim olish niyatimiz bor, ushbu muammo yuzasidan TashMIga Ilmiy-O’quv bulimi rahbari Feruza opaga 1507832 qo’ng’iroq qilsam bu savol yuzasidan Qabul buyicha raxbar Rustam 12148405 ismli shaxsga murojat etishimizni takidladila, u kishi bilan bog’lansak bu yil umuman tibbiyot soxasidagi ta’lim muassasalarida 2-mutahasislikka qabul rejasi yuqligini takidladilar. Keyin Toshkent Pediatreyi Institutiga qo’ng’iroq qildim, hech kim javob bermadi, Andijon davlat tibbiyot Institutiga esa kecha 27.07.2017 da do’stim borib, bu haqida malumot olmoqchi bo’lganida o’tkan yili 2-mutahasislikka 5 ta qabul kvotasi bo’lganligi hamda 15 kishi o’qishga topshirib, faqat 1tasi suhbatdan o’tib o’qishga kirib ta’lim olayotkani haqida va bu yilgi qabul rejasi hali tasdiqlanmaganligi haqida malumot berishdi. Ushbu bir-biriga zid qarama qarshi fikrlardan so’ng men Oliy talim vazirligiga qo’ng’iroq qildim 2460195 bular ham tayinlik javob berolmay qabul buyicha masul shaxs 2460169 raqamini berishdi, men bu nomerga bog’lansam haqiqatda rahbar inson ekan muomila madaniyati biroz qo’rs, hullas savollarimni ohirigacha eshitmay umuman tibbiyot soxasida 2-mutahasislikka qabul bo’lmagan va bu yil ham yuq deb bo’shakni qo’yib qo’ydilar. Biz bundan ham qanoatlanmay oliy ta’lim vazirligi 1006 ishonch telefoniga qo’ng’iroq qildik, ular esa bu savol yuzasidan so’ngi raqami 3855 raqamiga qo’ng’iroq qilishimizni tavsiya etishdi, biz u kishi bilan bog’lansak, u kishi ha haqiqatda o’tlan yili tibbiyot sohasida 2-mutahasislikka qabul bo’lgani, faqat qaysi institutlada bo’lgani haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmadik. Bu yil esa 5-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi qaroriga muofiq 2-mutahasislikka qabul bo’lish bo’lmasligi aniq bo’lishligi haqida ma’lumot berdilar. Ushbu munozarali javoblardan so’ng sz bizga ushbu masala bo’yicha amaliy yordam berishingizni so’rayman, qonun hujjatlarida 2-mutahasislikka tibbiyot va yuridik sohada qabul bo’lish bo’lmasligini hamda agarda bo’lsa o’qishga qabul qilish jarayoni ya’ni imtixon qanday shaklda bo’lishi, keraklik hujjatlar, kontrakt narxi, hullas iloj bo’richa to’liq ma’lumot olishimizga o’z ko’maginzgizni ayamang. Uzr elektron pochtamdan yaxwi foydalanolmaganim uchun saytda fikr qoldirdim. Javob kutaman, agar telegram orqali javob yozsangiz ham hursand bo’laman +998934919494

  2. Bu qaror boshqa universitetlarda ham bor. Kimdir biladimi Bu qarorni ijrosini Kim taminlaydi yoki bu holat yuzasidan kimga murojaat qilsa boladi?

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига