«Musaffo osmon» effekti
«Musaffo osmon» effekti
Ijodkorlarning hajviy ko‘rsatuvi uchun uzr so‘rattirayotganlarga bugun qarshilik qilmasak, ular ertaga salbiy qahramonlar aks etgan badiiy asarlarga o‘t qo‘yishni boshlashadi.
Bunday dunyoqarashi tor insonlar uchun hammayoqda ularni maqtashlari kerak, hammayoqda faqat yaxshiliklar gapirilishi shart, illatlar va kamchiliklar mutlaqo aytilmasligi kerak. Xuddiki hech kim ularni tanqid qilmasa, tizim o‘z-o‘zidan tozalanib, yaxshilanib qoladigandek.
Yaxshiyam Abdulla Qahhor, Gʻofur Gʻulom va Said Ahmadlar bugungi kunda ijod qilmayapti. Yo‘qsa turli sohalardagi illatlar hajv qilingan satirik asarlari uchun butun umri uzr so‘rash bilan o‘tib ketar edi.
Aytgancha, Hojiboy Tojiboyevning oilasini ham qidirib boringlar, marhum qiziqchimizning qilgan hazillari uchun farzandlaridan uzr so‘rattirarsizlar balki, agar shu bilan ko‘nglinglar joyiga tushsa.
He, o‘rgildim...
P.S.: ayrimlarning ochiq haqorati uchun jazolash qo‘lidan kelmaganlar, bugun alamini boshqa ijodkorlardan olyaptimi, nima balo. Eng alam qiladigani bunaqa ahmaqona ishlarning ortidan sohadagi jonkuyar, fidoyi minglab xodimlar ham birdek aziyat chekadi, ularning ham yuzi shuvut bo‘ladi.
