Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik lisyey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga ziddir. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmagan.
Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi.