Qoidabuzarlikni kameraga tushirib "Pul ishlash" to'g'risida shaxsiy fikrim
Qoidabuzarlikni tasvirga tushirib yuborish mavzusi atrofida doim bahslar bo‘ladi. Ko‘pchilik haydovchilar o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bu ishni "sotqinlik", "stukachlik", "nomardlik" deb atashadi.Men esa mutloq boshqa fikrdaman.Har yili yo‘llarda minglab insonlar vafot etishadi. Qoidani bir tiyinga ilmaydigan, yo‘lda xuddi moldek mashina haydaydiganlar afsuski ko‘p. Ularning kasriga kimningdir otasi, onasi, farzandi hayotdan ko‘z yumadi (Alloh asrasin barchamizni).Shu sababli bunday fojialarga qarshi butun jamoatchilik birgalikda kurashishi kerak. Hamma uyg‘oq bo‘lishi, hech kim loqayd bo‘lmasligi kerak. Videolarni albatta yuboring, agar pul olishga xijolat bo‘lsangiz, puldan voz kechsangiz ham bo‘ladi.Qoidabuzarlar har qancha o‘zgalarni ayblamasin, eng avvalo o‘zlari qoidani buzmasligi kerak, tamom.
_nJ9AFkX57d_low.jpg)