Rossiyadagi talabalarga hech qanday to‘siqlarsiz o‘qishini O’zbekistonga ko‘chirish imkoniyati berilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yildan boshlab yurtimizdagi OTMlarga qabul jarayonlari mutlaqo yangi tizimda o‘tishidan allaqachon xabaringiz bo‘lsa kerak.

Bugungi kunda yuqoridagi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator normativ-hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, shunday o‘zgarishlardan biri xorijdagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarining yurtimizga o‘qishini ko‘chirish jarayonlarida ham rejalashtirilmoqda.

Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq o‘qishini sinovlarsiz to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Agar ushbu yangi tartib joriy etiladigan bo‘lsa, unda kuchli 1000 talikdan joy egallagan Rossiyadagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalar hech qanday to‘sqinliklarsiz, shunchaki ariza berish orqali o‘qishini yurtimizga ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi.

O‘qishini ko‘chirishni istagan talaba yo‘nalishi to‘g‘ri keladigan istalgan OTMni tanlashi mumkin bo‘ladimi yoki bunga ham qandaydir cheklovlar bo‘ladimi (masalan, faqat doimiy propiskada bo‘lgan hududdagi OTMga), bu hozircha aniq emas.

Mavzuga doir: Talabalar o‘qishini ko‘chirish (перевод) va qayta tiklash (восстановление) tartibi haqida

Mushtariylarni yana bir savol qiziqtirishi mumkin, ya’ni aynan qaysi xalqaro reyting asos qilib olinadi? Hozircha bu ham aniq emas, lekin imtihonsiz nostrifikatsiya bilan bog‘liq avvalgi amaliyotdan kelib chiqilsa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarorida uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yilgan edi. Bular:

1) QS – Quacquarelli Symonds;

2) ARWU –  The Academic Ranking of World Universities;

3) THE – Times Higher Education.

Shuni inobatga olib, yuqoridagi uchta xalqaro reytingda kuchli 1000 talikka kirgan Rossiya OTMlari ro‘yxatini shakllantirib chiqdim. Mabodo qaror tasdiqlansa, unda Rossiyaning quyidagi 27 ta OTMlaridan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkin bo‘ladi:


 

OTM nomi

Reytinglardagi o‘rni

QS

THE

ARWU

Bauman Moscow State Technical University291801–1000
Far Eastern Federal University601-650 –
Higher School of Economics351–400
ITMO University601-650501–600
Kazan (Volga region) Federal University441-450401–500
Lobachevsky State University of Nizhni Novgorod701-750801–1000
Lomonosov Moscow State University9519493
Moscow Institute of Physics and Technology (MIPT / Moscow Phystech)355251–300501-600
Moscow State Institute of International Relations (MGIMO University)373
National Research Nuclear University MEPhI (Moscow Engineering Physics Institute)373401–500
National Research Saratov State University551-600801–1000
National Research Tomsk Polytechnic University386
National Research University Higher School of Economics (HSE University)382
Novosibirsk State Technical University801-1000801–1000
Novosibirsk State University250401–500401-500
Peter the Great Saint-Petersburg Polytechnic University401-410601–800
Plekhanov Russian University of Economics801-1000
RUDN University501-550
Saint Petersburg State University240401–500301-400
Samara National Research University (Samara University)801-1000
Samara State Aerospace University601–800
Southern Federal University551-600801–1000
The National University of Science and Technology (MISIS)501-550601–800
Tomsk Polytechnic University301–350
Tomsk State University323501–600
Ural Federal University491-500
Voronezh State University801-1000