Saudiya Arabistoni yana chegaralarini ochdi

Saudiya Arabistoni yana chegaralarini ochdi

Podshohlik 21 dekabr kuni barcha turdagi xalqaro qatnovlarni to‘xtatib, suv, havo va quruqlikdagi chegaralarini yopgandi.

Kecha, 3 yanvardan boshlab mazkur taqiq olib tashlanganligi rasman e’lon qilindi. Faqat bir qator cheklovlar saqlanib qoldi.

Masalan, xorijiy mamlakat fuqarolari 2 hafta ichida koronavirusning yangi shtammi yetib borgan davlatlarga bormagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, mamlakatga kirayotgan har bir shaxs albatta test topshirishi va natijasi manfiy bo‘lishi kerak. Saudiya Arabistoni fuqarolari esa mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishi mumkin, faqat ular ham albatta test topshiradi hamda 2 haftalik karantinda bo‘lishadi.