«Tosh, qaychi, qog‘oz» o'yini musobaqasi muhokamalarga sabab bo'lmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tosh, qaychi, qog‘oz» (xalq orasida "Don-don-ziki") o‘yini bo‘yicha chempionat o‘tkazilishi muhokama qilinmoqda. Bu hayron qolarli yoki yomon ish emas, oddiy biznes xolos. Chunki qatnashish pulli ekan. Bundan tashqari reklama ham bo‘ladi. Har qanday biznes, albatta yaxshi.

Shu o‘rinda yodimga tushib ketdi, Bundan 5 yil oldin, aniqrog‘i 2016 yilning Navro‘z bayrami arafasida do‘stimiz oshpaz Bahriddin Chustiy bilan birgalikda «Qarab tep» (xalq orasidagi nomi «Lanka») milliy xalq o‘yini bo‘yicha chempionat o'tgazgan edik. Qatnashish mutlaqo bepul bo‘lgandi. Shu yo‘l bilan unutilib borayotgan milliy xalq o‘yinlarimizni oz bo‘lsada yurtdoshlarimiz yodiga solmoqchi bo‘lganmiz.

Chempionatda 62 kishi ishtirok etgan va anchagina qiziqarli bo‘lgandi. Gʻoliblarga imkonimiz yetganicha, kamtarona bo‘lsada, mukofotlar bergandik.

P.S.: 1-suratdagi 6 yoshli Ismoiljon Mahmudov «Eng yosh ishtirokchi» nominasiyasida g‘olib bo‘lgandi.