Toshkent shahri va viloyatidagi davlat tashkilotlarida 5 yil uzluksiz ishlagan shaxslar yashayotgan joyi bo‘yicha propiskaga qo‘yiladi
Toshkent shahri va viloyatidagi davlat tashkilotlarida 5 yil uzluksiz ishlagan shaxslar yashayotgan joyi bo‘yicha propiskaga qo‘yiladi
Bundan buyon Toshkent shahri va viloyatidagi davlat tashkilotlarida 5 yil uzluksiz ishlagan mutaxassislar mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni imzolagan farmonda shunday belgilangan.
Ya’ni, Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi tushuntirishicha, fuqaro poytaxtda yoki Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktabida o‘qituvchilik qilsa, maktab direktorining; poliklinikada ishlasa, poliklinika mudirining ma’lumotnomasi bilan propiskaga kirishi mumkin.
Bizning izoh: demak 11-band bo‘yicha ishxonasi orqali propiskaga kirishda talab etiladigan eng yuqori tashkilot rahbari imzosi bilan tavsiyanoma berish tartibi bekor bo‘ladi. Bu tizim korrupsiyaning g‘irt uyasi edi (ayrimlar propiskani sotish bilan shug‘ullanishgan) va bir xodimni ikkinchisidan, bir tashkilotni boshqasidan ustun qo‘yib kamsitadigan tizim edi.
Hozircha Farmonning rasmiy matni e’lon qilinmadi, e’lon qilingach, barcha o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.