Uzcard YAUPM 1-maydan boshlab onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0.25 foiz miqdorida to‘lov olishini ma’lum qilib, banklarga tegishli xat jo‘natibdi.

Uzcard YAUPM 1-maydan boshlab onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0.25 foiz miqdorida to‘lov olishini ma’lum qilib, banklarga tegishli xat jo‘natibdi.

Kompaniya bosh direktori Ahror Mahmudovning ma’lum qilishicha, onlayn-omonatlar va onlayn-konversiya xizmatlarini ommalashtirish maqsadida, ular bo‘yicha to‘lovlarni 2018-yil 6-sentyabrdan bekor qilgan edi. Ushbu choralar 2019-yilga ham uzaytirilgan edi, lekin kompaniyaning aytishicha, banklarning ushbu imtiyozlardan boshqa tijoriy maqsadlarda foydalanishi holatlari uchragan.

Direktorning gaplariga ko‘ra, ikki-uch oy davomida tranzaksiyalar o‘rganilgan va shunda ko‘plab banklar ushbu xizmatdan boshqa tijoriy maqsadlarda foydalanayotganligi aniq bo‘lgan.

«Banklar davlat oldidagi soliq to‘lovlarini va Uzcard komissiyalarini chetlab o‘tish holatlari kuzatildi», — degan Mahmudov.