Yangi qonun loyihasida Prezident va Bosh vazir ham daromadlar deklarasiyasini to‘ldirishi taklif etilmoqda

Yangi qonun loyihasida Prezident va Bosh vazir ham daromadlar deklarasiyasini to‘ldirishi taklif etilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashevaning ma’lum qilishicha, daromadlar deklarasiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Hozirda mazkur qonun loyihasi tegishli organlarga kelishish uchun kiritilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Nomozboyevning aytishicha, qonun loyihasida mansabdor shaxslarning barchasi qamrab olingan.

Mansab vakolatiga tegishli bo‘lgan, hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar – quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Bular:

✅  Prezident adminstrasiyasi;

✅  Vazirlar Mahkamasi;

✅  Respublika tashkilotlari;

✅  Hokimliklar;

✅  Huquqni muhofaza qiluvchi organlar;

✅  Sud idoralari xodimlari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Prezident va Bosh vazir ham daromadlar deklarasiyasini to‘ldirishi taklif etilgan.