1-apreldan tabiiy gaz uçun bazaviy meʼyor 100 kubga tuşirildi
❗️1-apreldan tabiiy gaz uçun bazaviy meʼyor 100 kubga tuşirildi
Hududgaztaʼminot xabariga köra, joriy yil 1-apreldan boşlab isitiş mavsumidagi tabiiy gaz uçun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy meʼyor endi 100 kub metrgaça qisqartirildi.
✅ Aslida isitiş mavsumi 1-martda tugaşi kerak edi, lekin Prezident topşiriğiga asosan mart oyida sovuq ob-havo sababli meʼyor 1-aprelgaça uzaytirilgandi.
Demak, bugundan boşlab bir oyda 100 kub metrgaça gaz isteʼmoli uçun 650 sömdan, 101 dan 2500 kub metrgaça 1500 sömdan tölanadi.
Yangi tariflar
1-apreldan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uçun yangi tariflar amal qilişi kerak edi. Lekin Prezident topşiriğiga köra, narx oşişi 1-maygaça keçiktirildi. 1-maydan boşlab, quyidagiça tariflar belgilanadi:
Elektr energiyasi
200 kWh’gacha — 600 söm (hozir 450 söm);
201 dan 1000 kWh’gacha — 1000 söm (hozir 900 söm).
Tabiiy gaz
100 kubometrça* — 1000 söm (hozir 650 söm);
101 dan 2500 kubometrgaça — 1800 söm (hozir 1500 söm).
* Isitiş mavsumida (noyabr-fevral) bazaviy meʼyor 500 kubometr etib belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈

