Bugun Içki işlar vazirligi taşkil etilganiga 35 yil töldi
Foto25-oktabr, 2026, 10:502 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 197 mingSaytdagi koʻrishlar: 1
🫡 Bugun Içki işlar vazirligi taşkil etilganiga 35 yil töldi
Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev soha vakillariga tabrik yölladi.
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari! Qadrli general va ofitserlar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar!
Sizlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Uşbu qutluğ kunda xalqimiz osoyiştaligini taʼminlaş, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölidagi sadoqatli xizmatingiz uçun barçangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Albatta, yurtimizda öz farzandini maktabga kuzatayotgan ota-onaning xotirjamligi, mahallalarimizdagi osoyişta hayotni mustahkamlaşda sizlarning kundalik fidokorona mehnatingiz va hissangiz borligini barçamiz yaxşi bilamiz.
Oddiy insonlarning sizga işonç bilan murojaat qilişi va bundan köngli taskin topişi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir.
Sizlardan jinoyatlarning oldini olişda taşabbuskorlik, xizmatda qatʼiy intizom va halollik kutib qolaman.
Har bir xonadonning osoyiştaligini öz oilangiz tinçligidek asraş – “Özimning Özbekistonim” degan iftixor hissining amaliy ifodasiga aylanişi lozim.
Xizmatning taşviş va masʼuliyatini sizlar bilan birga baham körayotgan ota-onalaringiz, turmuş örtoqlaringiz va farzandlaringizga ham çin dildan rahmat aytaman. Ularning mehri, sabru qanoati va qöllab-quvvatlaşi sizlarga albatta kuç-ğayrat bağişlaydi.
El-yurt osoyiştaligi yölidagi xizmatingizning qadri doimo baland bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
👉 @xushnudbek 👈
- 18 Telegram Stars


