Muhim

1-iyuldan şaxsni tasdiqlovçi va boşqa hujjatlarning elektron şakli ham tan olinadi

Matn8-yanvar, 2025, 18:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️1-iyuldan şaxsni tasdiqlovçi va boşqa hujjatlarning elektron şakli ham tan olinadi

Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga köra, "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi doirasida şaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Bunda banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda içki reyslarni röyxatdan ötkazişda va Özbekiston hududidan ötuvçi poyezdlarga çiqişda, davlat, korporativ va boşqa xizmatlarni körsatiş, şu jumladan, elektron xizmat körsatiş hamda fuqarolarni qabul qilişda tegişli hujjatlarni taqdim etişni talab qiladigan davlat organlari va boşqa taşkilotlarda quyidagi hujjatlarning qoğoz şakli talab etilmaydi:

🔹Özbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
🔹Özbekiston fuqarosining identifikatsiyalovçi ID-kartasi;
🔹haydovçilik guvohnomasi;
🔹tuğilganlik haqida guvohnoma;
🔹nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
🔹nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
🔹transport vositasining röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
🔹pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
🔹fuqaroligi bölmagan şaxsning yaşaş guvohnomasi (ID-kartasi);
🔹nogironlik töğrisida maʼlumotnoma;
🔹transport vositasining majburiy suğurta (fuqarolik javobgarligi) böyiça suğurta polisi;
🔹oliy, örta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik töğrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
🔹talabalik guvohnomasi;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma;
🔹özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötganligi töğrisida maʼlumotnoma;
🔹turar joy obyektlarining kadastr pasporti;
🔹jismoniy şaxsning şaxsiy avtomototransport vositasini boşqa şaxslarga boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma.

Uşbu hujjatlarning portaldagi elektron şakllari ham tan olinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 106 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek