11-aprel, seşanba (20-kun): Çaqaloq haqqiga duo qiliş fazilati
11-aprel, seşanba (20-kun)
Saharlik vaqti: 04:28
Iftorlik vaqti: 19:00 (Toşkent vaqti)
Hazmdan rivoyat qilinadi:
«Muoviya ibn Qurraning şunday deganini eşitdim:
«Mening Iyosim tuğilganda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir qançalarini çaqirib, ziyofat qildim. Ular duo qilişdi.
Şunda men: «Sizlar duo qildingiz. Alloh sizlar qilgan duolaringizning barakasini bersin. Endi men duo qilaman, sizlar «Omin», deb turinglar», deb uning haqqiga köp duo qildim, dinini söradim, aqlini söradim.
Hozir mana şu öğlimda öşa kungi duoning asarini körib turibman».
📖 Şarh: Uşbu hadisdan çaqaloq tuğilişi munosabati bilan ziyofat qiliş va unga kelganlardan çaqaloqning haqqiga duo oliş sahobalardan sobit bölgan sunnat ekanligini bilib olamiz.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
