17 ta oliygoh Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga ötkazildi
❗️17 ta oliygoh Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga ötkazildi
Prezidentning 2-oktyabrdagi qarori bilan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi 14 ta pedagogika hamda Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliy taʼlim muassasasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga ötkazildi.
Şuningdek, Özbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlaş sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:
▪️yagona konseptual yondaşuv asosida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlaş siyosatini yuritiş;
▪️pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilaş;
▪️pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilğor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilişini taʼminlaş;
▪️pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş;
▪️ pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boşqaruv tizimini takomillaştirib boriş.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars



