17 yoşli grossmeyster Gukeş Dommaraju nomzodlar turnirida ğolib böldi
17 yoşli grossmeyster Gukeş Dommaraju nomzodlar turnirida ğolib böldi
Kanadaning Toronto şahrida bölib ötgan FIDE Nomzodlar turnirida 14 ta turdan söng 🇮🇳hindistonlik Gukeş Dommaraju 9 oçko bilan ğolib böldi. U endi şaxmat toji uçun amaldagi jahon çempioni 🇨🇳xitoylik Din Lijen bilan öynaş huquqini qölga kiritdi.
Taʼkidlaş joiz, Gukeş nomzodlar turnirida ğalaba qozongan tarixdagi eng yoş şaxmatçi böldi. Bu haqiqiy sensatsiya böldi!
🇺🇸Hikaru Nakamura, 🇷🇺Yan Nepomnyaşiy va 🇺🇸Fabiano Karuana 8,5 oçko bilan keyingi örinlarni egalladi.
Eng qiziği oxirgi turda Gukeş va Nakamura öynadi, agar Naka yutganda, u çempion bölardi. Lekin yuta olmadi, durang böldi. Şuningdek, oxirgi turda Nepomnyaşiy va Karuana ham özaro öynadi. Agar ulardan birontasi yutganda, Gukeş bilan tay-brekda kuç sinaşar edi. Durang esa ikkalasi uçun ham befoyda edi. Karuana ğalabaga juda yaqin keldi, lekin 2 marta imkoniyatni qöldan çiqardi. Natijada durang böldi va ikkalasi ham çempionlikni Gukeşga topşirdi.
Ayollar örtasidagi turnirda esa 🇨🇳xitoylik Tan Çjunyi 9 oçko bilan ğolib böldi. U endi amaldagi jahon çempioni 🇨🇳Szyuy Venszyun bilan öynaydi.
👉 @xushnudbek 👈



