20-asrning eng uzun tirbandligi haqida bilasizmi?
🚗 20-asrning eng uzun tirbandligi haqida bilasizmi?
Keça Toşkentda katta tirbandliklar kuzatilganidan xabaringiz bölsa kerak. Bir neça yuz minglab işçi va talabalar Hayitdagi 4 kunlik dam oliş sabab uyiga borib kelişni maʼqul bildi.
Insoniyat tarixida dam oliş kunlari boşlanişi yoki taʼtil tugaşi bilan boğliq katta tirbandliklar köp kuzatiladi. Masalan, 1990-yil 12-avgustda 🇯🇵Tokioda 135 kilometrlik avtomobil tirbandligiga asosiy sabablardan biri ham taʼtilning tugaşi bölgan.
Lekin eng dahşati 🇫🇷Fransiyada bölgan. Ginnesning rekordlar kitobiga “20-asrning eng uzun tirbandligi” sifatida kirgan bu kollaps 1980-yil fevral oyida millionlab odamlar taʼtilni tugatib, Alp toğlaridan Parijga qaytayotganda yuz bergan.
"Dala hovli tirbandligi" deb nomlanuvçi bu voqeada 5 mln avtomobil Parij-Lion yönalişi böylab 170 kilometrga çözilgan “tiqin”da qolib ketişgan.
Uşbu tirbandlikdagi oxirgi maşina 1 oy ötgaç “probka”ni tark etgan.
👉 @xushnudbek 👈


