2021-yil «Zakovat» uçun tarixiy yil böldi
Manba:Zakovat intellektual klubi
2021-yil “Zakovat” uçun tarixiy yil böldi.
10-fevral kuni “Zakovat” intellektual klubi Mass-media fondi taʼsisçiligida nodavlat notijorat taşkilot sifatida Adliya vazirligida röyxatdan ötdi. Şundan söng yil davom yirik intellektual turnirlar taşkil etildi. Butun Özbekiston böylab intellektual öyinlarga bölgan qiziqiş bir neça barobarga ortdi. Bilimdonlar orasida millionerlar paydo böldi.
Yil sönggida ötkazilgan grand final bahslarida esa şaxsan Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi, barça bilimdon yoşlarga tabrik yölladi. Çempion bilimdonlar hamda “Zakovat” klubi rahbari Abdurasul Abdullayevni şu joyning özida davlat mukofoti bilan taqdirladi. Xorazmlik bilimdonlarning har biri Gentra avtomobilini qölga kiritdi.
Umid qilamizki, 2022-yilda ham bilimga bölgan eʼtibor va qiziqiş yuqori darajada böladi. Yoşlar orasida yangi bilimdonlar kaşf qilinadi, yurtdoşlarimiz aql va zakovat yölida birlaşadi.
Barçangizga yangi yil muborak, hurmatli bilimdonlar!
➖ @zakovat ➖
- 👍 149



