2022-yilgi davlat byudjeti xarajatlari yana 2 trln sömdan ortiqqa oşirilmoqda
2022-yilgi davlat byudjeti xarajatlari yana 2 trln sömdan ortiqqa oşirilmoqda
Yil oxiriga kelib 2022-yil davlat byudjetiga özgartiriş töğrisida masala körib çiqilmoqda.
Deputatlar qöliga şoşilinç berilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasi köra, 2022-yil byudjetidan:
➖davlat-xususiy şerikçiligi asosida asosida faoliyat körsatayotgan nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari sonining ortib borayotgani hisobiga uşbu yönalişga qöşimça subsidiyalar ajratiş uçun Maktabgaça taʼlim vazirligi 407,1 mlrd sömga;
➖Issiqlik taʼminoti böyiça aholiga past darajali tariflar qöllanişi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplaş maqsadida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi 404,7 mlrd sömga;
➖eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari tomonidan tölanadigan utilizatsiya yiğimi xarajatlariga davlat byudjetidan mablağ ajratiş uçun Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi 224,5 mlrd sömga;
➖Hududlarda zudlik bilan yeçilişi lozim bölgan qöşimça tadbirlarni moliyalaştiriş maqsadida keyinçalik mahalliy byudjetlarga qayta taqsimlaş (ötkazib beriş) maqsadida Moliya vazirligiga 1 trln sömga oşiriş közda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈


