2023-yilgi «Taşabbusli byudjet» loyihasining 1-mavsumiga start berildi
2023-yilgi “Taşabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumiga start berildi.
openbudget.uz sayti orqali 26-fevralga qadar taşabbus qoldirişingiz mumkin böladi. Şundan söng 18-martga qadar işçi guruh taşabbuslarni körib çiqadi. Ovoz beriş jarayoni 18-martdan 7-aprelga qadar davom etadi.
Hozirgaça (3 kun içida) 10 mingdan oşiq taşabbuslar qoldirilgan. Röyxati bu yerda.
❗️Tuşunmagan joyim: lekin negadir saytda "Taşabbusli byudjet"ning 1-mavsumi uçun 756,5 mlrd söm ajratilgani yozilgan. Bu juda kam summa. Vaholanki Prezident 2023-yilda "Taşabbusli byudjet" uçun 8 trln söm ajratilişini eʼlon qilgandi. Şunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-mavsumga 756 mlrd söm, 2-mavsumga 7 trln 244 mlrd söm ajratmoqçimi? Ğalatiku. Vazirlik şunga izoh bersa yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈

