Ramazon

21-mart, payşanba (11-kun). Iftorlik vaqti va yetim qizlarga yaxşilik qiliş haqida hadis

Matn21-mart, 2024, 18:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

21-mart, payşanba (11-kun)
Iftorlik vaqti: 18:38 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

"Oldimga ikki yetim qizini olib, bir ayol kirib keldi. "Bir narsa bering", deb söradi. Lekin oldimda bitta xurmodan boşqa heç narsa yöq edi. Men ana şu xurmoni ayolga berdim. Ayol xurmoni bölib, qizlariga berdi. Söng örnidan turib, çiqib ketdi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam kelgaç, bölib ötgan voqeani aytib berdim. Şunda u zot:

"Kimki mana şunday (yetim) qizlarni qaramoğiga olsa va ularga yaxşilik qilsa, ular uning uçun dözaxdan parda (tösiq) böladi", dedilar.

📖 Şarh: bunda beva qolgan onaning otasiz qolgan öz yetim farzandini qaramoğiga olişi nazarda tutilgan.

Ota vafot etib ketganidan keyin ona yetim farzandlarini qarovsiz qöymasdan, sabr bilan ularni yuvib-tarab, boqib katta qilsa, juda katta savobga erişar ekan va ana şu farzandlari, ularga qilgan xizmatlari qiyomat kuni dözaxdan parda bölib, uni saqlab, tösib qolar ekan.

Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Muhtoj kişi boşqalardan "Biror narsa bering", deb söraşi mumkinligi.

2. Muhtojga bir dona xurmo bölsa ham beriş kerakligi.

3. Onaning farzandlarga mehri va adolati namunasi. Bir dona xurmoni özi yemasdan, qizlariga teng bölib bergani.

4. Yetim qizlarni qaramoğiga olib, ularga yaxşilik qiliş dözax ötidan parda böladigan amallardan biri ekani.

5. Nabiy alayhissalom va u zotning oilalari qançalar sodda va kamtar yaşagani.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek