21 mlrd söm va qidiruvdagi şaxs

Albom26-sentabr, 2023, 14:492 daqiqa0 koʻrish

21 mlrd söm va qidiruvdagi şaxs

Nikita Makarenkoning yozişiça, Nodir Yunusov ismli Özbekiston fuqarosi AQŞ bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgan. U va uning şeriklari odam savdosi va firibgarlikda ayblangan.

Tasodifni qarangki, ommaviy bolalar zaharlanişiga sabab bölganlikda gumon qilinayotgan (hozirça rasman tasdiqlanmadi) hamda maktab va boğçalarga tarqatilgan “Antistrumin” yod preparatini yetkazib bergan “Samo” MÇJ taʼsisçilaridan biri ham Nodir Yunusov ismli şaxs ekan.

Makarenko bu ikkalasi bitta odam, yaʼni AQŞda xalqaro qidiruvga berilgan şaxs Özbekistonda milliardlab qiymatdagi dori-darmon yetkaziş böyiça davlat buyurtmasini qabul qilib olganlardan biri demoqda. Hozirça buni rasman tasdiqlaşmadi, lekin heç kim rad ham qilmadi.

Bugun maʼlum böldiki, SSV taʼsisçiligidagi “ÖZMEDIMPEKS” MÇJ 3 mln 550 ming dona “Antistrumin” yetkazib beriş evaziga “Samo” MÇJ bilan jami 21 mlrd sömlik töğridan-töğri şartnoma tuzgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek