30-iyundan boşlab Rossiyaga kiradigan çet el fuqarolaridan QR-kod talab etiladi

Matn19-may, 2025, 15:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇷🇺 30-iyundan boşlab Rossiyaga kiradigan çet el fuqarolaridan QR-kod talab etiladi

Bunda vizasiz tartibda Rossiyaga borayotgan çet el fuqarolari "Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali oldindan röyxatdan ötişi va QR-kod olişi şart böladi.

QR-kodni çegaradan ötişda taqdim etiş talab etiladi.

Röyxatdan ötiş tartibi quyidagiça:

1⃣ şaxsiy kabinet yaratiladi;
2⃣ fotosurat va şaxsiy maʼlumotlar yuklanadi;
3⃣ Rossiyada böliş muddati körsatiladi.

⏰ Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilişi lozim.

Agar keliş zarurati tösatdan (masalan, oğir kasallik yoki yaqin qarindoş vafoti) paydo bölsa, arizani 4 soat qolganda ham topşiriş mumkin.

Quyidagilar röyxatdan ötişdan ozod qilinadi:

🔹 Belarus fuqarolari;
🔹 6 yoşgaça bölgan bolalar;
🔹 viza, vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga ega şaxslar.

6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topşiradi — ularda ham şaxsiy röyxatdan ötiş kodi bölişi şart.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek