Ramazon
31-mart, juma (9-kun): Ramazon iftorlik vaqti va hayo haqida hadis
Matn31-mart, 2023, 18:021 daqiqa0 koʻrish
31-mart, juma (9-kun)
Iftorlik vaqti: 18:48 (Toşkent vaqti)
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hayo biron narsada bölsa, albatta uni ziynatlaydi. Behayolik biron narsada bölsa, albatta uni şarmanda qiladi”, dedilar».
📖 Şarh: Hayo hamma narsani ziynatlar ekan, kimda hayo bölsa, hayo uning ziynati ekan. Behayolik esa buning teskarisi. U kimda bölsa, öz egasini şarmandayu şarmisor qiladi. Şuning uçun har bir mömin-musulmon özini hayo bilan ziynatlab yurişi, zinhor behayolikning yaqiniga yölamasligi, undan hazar qilişi lozim ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈

