Tushuntirish

4 ballgaça yetmaganlarga ham super-kontraktda çegirma bormi?

Matn8-sentabr, 2023, 16:582 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❓4 ballgaça yetmaganlarga ham super-kontraktda çegirma bormi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Yöq, 4 ballgaça bölganlarga çegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalaştirilgan (super) tölov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar töliq tölagan abituriyentlar uçun 10 foiz miqdorida çegirma berilmoqda (❗️bu çegirmani oddiy kontraktlarga aloqasi yöq).

Ammo bu çegirma, 56,7 balldan köp töplagan, lekin kiriş baliga 4,05 ball yetmay qolib, öqişdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgaça bölgan şkaladagilar uçun esa çegirma qöllanmaydi.

Eslatib ötaman, super-kontraktning 4 ballgaça şkalasi quyidagiça böladi:

➖ ötiş baliga 1,05 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgaça — 2 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgaça — 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgaça — 3 barobari.

Mana şu toifadagilar garçi 100% tölov qilsa ham, ularga çegirma yöq. Şu sababli avval 50 %ini tölab, qolganini öquv yili davomida bölib tölasa böladi.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgaça deb yozilganiga köpçilik çalğimoqda va buni 4,5 ball deb öylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (tört-u yuzdan nol beş) ball bilan 4,5 (tört yarim) ballning farqi katta. Kiriş çiziğiga 4,1 (tört-u bir) balldan köp yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik şkalaga tuşmaydi.

4,1 ball va undan köproq yetmaganlarning barçasiga (56,7 balldan baland bölsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qöllanadi. Qaysi yönalişda super-kontrakt qançaligini mana bu yerdan körib oliş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek