5 ta sohani 5 ga!
5 ta sohani 5 ga!
Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan ötkazilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining sözlagan nutqi böyiça Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov quyidagiça izoh yozmoqda:
"Keçagi Prezident maʼruzasi nimasi bilan farq qiladi? Undagi masalalar doim aytib kelinardi-ku.
Gap şundaki, yurtimizda muammo köp, uning yeçimi uçun imkoniyat kam. Özimizni qança öqqa-çöqqa urmaylik, çegaralangan imkoniyat bilan masalani oxiriga yetkaza olmaymiz. Işlarimiz natijasi çala-çulpa bölib qolaveradi.
Buning yeçim qanday, degan savolga keça Prezident javob berdi.
U 5 ta sohani ustuvor qilib ajratib, hozirgi bor imkoniyat bilan şu 5 ta sohani 5 ga bajaramiz, uning ustiga ötirib olib, yoyilib ketmasdan işlaymiz, demoqçi bölyapti.
Nega aynan şu 5 ta soha?
Taʼlim rivojlansa, bilimlilar köpayadi. Bilimlilar yurti heç qaçon qoloq bölmaydi.
Biznes ortidan odamlar, jamiyat boy böladi. Kambağallik qisqaradi. Boylari köp yurtda turli sohalar, servis xizmatlar, umuman yaxşi hayotga intiliş kuçayadi va barpo böladi.
Biznesmenlar huquqlarini muayyan bir şaxslar emas, qonun, odil sud himoya qila olsa, ular pulini çetga olib çiqib ketmaydi, çetdan kiradigan investorlar soni ham şunga qarab köpayadi, çunki ularda ham işonç böladi. Aslida, hamma muammoning yeçimi bu — odil sud. Sud kuçli bölsa, oddiy aytganda taʼlimda ham, biznesda ham, tibbiyotda ham, suvda ham — hamma sohada «bespredel» kam böladi. Hamma özining örnini bilib yuradi.
Ertaga suv qurib qolsa, islohotlar ham köngilga siğmaydi. Hozir suv kamayişi tezlaşgan. Yaqin yillarda ayrim hududlar çölga aylanib, qurğoqçilik kuçayib ketişi xavfi ortib borayapti. Tibbiyot muhimligini-ku gapirmasa ham böladi. U yerdagi korrupsiya va sifatsiz xizmatga har birimiz doim töqnaş kelamiz.
Bir söz bilan aytganda, aynan şu 5 ta sohani 5 ga bajara olişimiz şart», - deb yozdi Allamjonov.
"Osmondagi bolalar" loyihasiga bergan intervyumda şunga öxşaşroq vaziyat haqida fikr bildirgandim. Masalan, biz oliy taʼlimda budjet mablağlarini 500 ming nafar örtamiyona, ismini zörğa yozadigan, öz kasbining eng elemantar bilimlariga ham ega bölmagan talabalar tayyorlaşga sarflaşimiz kerakmi yoki buning örniga xuddi şu pulni 50 ming nafar yetuk va har tomonla kuçli zamonaviy kadrlar tayyorlaş uçun yönaltirgan yaxşimi? Şaxsan men ikkinçi variant tarafdoriman. Yaʼni budjet mablağlarini oliy taʼlimda hammaga taqsimlamasdan, kamroq, lekin yetuk kadrlar uçun sarflaş kerak, qolganlar esa özining yoki turli jamğarma va taşkilotlarning mablağiga öqişi kerak, deb hisoblayman.
Yoki taʼlimdan yana boşqa misol. Talabalarimizni hamma narsa biladigan universal soldat qiliş uçun juda köp fanlar öqitamiz. Ayrimlari amaliyotda umuman kerak bölmaydi ham. Xöp, juda köp fandan ozgina-ozginadan bilgani yaxşimi, yoki maʼlum bir tor mutaxassislikni mukammal biladigan bilimlarni egallagan maʼqulmi? Men yana ikkinçi variantni tanlagan bölardim.
Xuddi şunaqa 5 ta asosiy vazifalarda ham mana şu 5 ta sohaga bor kuç va eʼtiborni taşlaş haqida gap ketyapti. Menimça, bu gaplar qoğozda yoki oğizda emas, balki amalda bölişi uçun eng avvalo budjet taqsimotidan boşlaş kerak. Boşqa sohalardagi xarajatlarni maksimal kamaytirib, tejalgan barça pullar şu 5 ta sohaga yönaltirilişi kerak. Yöqsa, biror sezilarli özgariş qiliş qiyin.
Albatta, 5ta asosiy soha tanlangani boşqa sohalar muhim emas ekan, ularga endi heç narsa qilmaymiz, degani emas. Ular ham rivojlanişda davom etaveradi, ammo davlatning ham moddiy, ham kadrlar, ham tizimli diqqati 5 ta soha atrofida jamlanişi reja qilinmoqda. Niyat yaxşi, amaliyotda ham bu işlaydi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈

