5 yil iş stajiga ega xodimlarga OTM uçun tavsiyanoma beradigan taşkilotlar röyxati tasdiqlandi
❗️5 yil iş stajiga ega bölgan xodimlarni OTMga suhbat asosida qabul qiliş uçun tavsiyanoma beradigan taşkilotlar röyxati tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida beş yil iş stajiga ega bölgan fuqarolarni sirtqi va keçki taʼlim şakliga suhbat natijalariga köra tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş uçun tavsiya etiş huquqiga ega bölgan vazirlik, idora va yirik birlaşmalari röyxati tasdiqlandi.
Röyxatda keltirilgan taşkilotlarning tavsiyanomasiga ega bölgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgaça (şu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötkaziladi.
Amaldagi tartibga köra, 5 yil iş stajiga ega bölgan va uşbu taşkilotlardan tavsiyanoma olganlar OTMga suhbat asosida qabul qilinadi.
Röyxatdagi 86 ta taşkilotlar tomonidan 100 nafargaça talabgorga tavsiyanoma beriladi.
Suhbat jarayoni avgust oyining sönggida taşkil etiladi.
Natijalarga köra, 100 ballik baholaş mezonida 55 ball va undan yuqori ball töplagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyruği bilan tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


