Muhim

Özbekistonda 1-fevraldan işlab çiqarilganiga 50 yildan oşgan transportlardan foydalaniş taqiqlanadi

Matn22-yanvar, 2026, 12:521 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❌ Özbekistonda 1-fevraldan boşlab işlab çiqarilganiga 50 yildan oşgan transport vositalaridan foydalaniş taqiqlanadi

Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

🗓️ Unga köra, 1-fevraldan boşlab:

🔹 umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, konlar, şaxta va karyerlarda qöllaniladigan maxsus transportlar, yuridik şaxslarga tegişli yönalişsiz taksilar, şuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uçun alohida seriyali röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari joriy etiladi;

🔹 işlab çiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bölgan transportlardan foydalaniş, ularni qayta röyxatga oliş taqiqlanadi hamda ular davlat röyxatidan çiqariladi.

❌ Avtomototransport röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomada mulkdorning manzilini körsatiş talabi bekor qilinadi.

📄 Avtomototransportni davlat röyxatidan ötkazişda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali oliş yölga qöyiladi:

▪️ avtomototransport oldi-sotdi şartnomasi;
▪️ “Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
▪️ davlat uluşi mavjud korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan avtomototransportlarga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar;
▪️ avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek