Tezkor

6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul böyiça rad etilgan arizalarni tahrirlaş mumkin

Foto6-avgust, 2024, 12:441 daqiqa0 koʻrish

⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul böyiça rad etilgan arizalarni tahrirlaş mumkin

✅2024/2025-öquv yili uçun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul böyiça magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötgan talabgorlarning arizalari körib çiqildi.

Arizalarni körib çiqiş natijasida köplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvçining taʼlim yönalişi böyiça mos yoki turdoş emasligi, söralgan hujjat örniga boşqa hujjat yuklangan yoki töliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boşqa sabablar) sabablarga köra rad etilgan.

Şuni inobatga olib, magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga öqişga kiriş uçun ariza yuborgan va kamçiliklar mavjud bölganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlaş imkoniyati yaratildi.

✅ Demak, qayta tahrirlaş 8-avgust kuni soat 23:59 da yopiladi.

❌ Uşbu muddatdan söng tahrirlaşga yöl qöyilmaydi va kamçiliklar bartaraf etilmagan arizalar körib çiqilmaydi.

☝️ Muhim eslatma, xorijiy tilni biliş darajasi böyiça tegişli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bölmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlaş tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa körib çiqilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek