678 nafar abituriyent barça fanlardan test sinovlaridan ozod qilingan
❗️678 nafar abituriyent barça fanlardan test sinovlaridan ozod qilingan
#abituriyent
Ular barça fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölgani uçun test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqiçiga ötkazilgan. Qiziği, ötgan yili faqat 1 nafar abituriyentda barça fandan sertifikati bölgan.
Bunday vaziyatda odatda abituriyentlar maksimal 189 ballni testga kirmasdan naqd qilib qöyadi. Ammo ayrim abituriyentlarda milliy sertifikat foizli çiqqan bölsa, unda maksimal ball emas, foizga mutanosib ball berilişi ham mumkin.
Şuningdek, bu yil 85 ming 140 nafar abituriyent umumtaʼlim fanlaridan, 58 ming 216 nafari esa çet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega. Uşbu körsatkiçlar 2024-yilda mos ravişda 13 ming 180 va 44 ming 834 nafarni taşkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


