Muhim

826 nafar abituriyent maksimal 189 ball töpladi

Matn25-iyul, 2025, 17:472 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball töpladi
#abituriyent

Bu şubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yaşnab, abituriyentlar örniga professional ustozlar testlarni yeçib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunçalar köp bölmagandi, adaşmasam. Yoşlarimizga qoyil!

Albatta, maksimal ball töplaşda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinişi ham katta rol öynamoqda. Ammo sertifikatni ham aşula aytgani yoki raqs tuşgani uçun emas, bilimi borligi uçun berişadi. Yaʼni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga çanqoq yoşlarimizga qoyil!

Eng köp maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yönalişi desak ham böladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yönalişi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball töplaganlar soni quyidagiça:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)

Özbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

Özbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + çet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

Özbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + çet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

Özbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + çet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

Özbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + çet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

Özbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

Özbek tili: 5 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

Özbek tili: 1 nafar

ℹ️ Izoh: yuqoridagi röyxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvçilarining natijasi kiritilmagan, çunki ular uçun alohida kvota beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 18 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek