9-aprel, yakşanba (18-kun): Ramazon taqvimi va salom beriş odobi haqida hadis
9-aprel, yakşanba (18-kun)
Saharlik vaqti: 04:32
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toşkent vaqti)
Abdurrahmon ibn Şibldan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning şunday deyayotganlarini eşitdim:
«Ulovdagi piyodaga salom bersin, piyoda ötirganga salom bersin, ozçilik köpçilikka salom bersin. Kim salomga alik olsa, öziga foyda. Kim alik olmasa, unga heç narsa yöq».
📖 Şarh: Bu hadisi şarifda odob böyiça kim kimga avval salom berişi haqida söz ketmoqda. Demak, markab (ulov)ga minib olgan odam piyoda ketayotgan odamga salom berişi kerak ekan. Tik yurib ketayotgan odam ötirgan odamga salom bermoği lozim. Ozçilik köpçilikka salom bermoği kerak.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈


