Muhim
Abduqodir Husanov «Mançester City»ning mart oyidagi eng yaxşi öyinçisi bölişga daʼvogar
Albom27-mart, 2026, 22:032 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
❗️Abduqodir Husanov "Mançester City"ning mart oyidagi eng yaxşi öyinçisi bölişga daʼvogar
Klubning rasmiy saytida "Oy öyinçisi" nominatsiyasi uçun 3 nafar nomzod ovozga qöyildi: Abduqodir Husanov, Jeremi Doku va Rodri.
Ovoz beriş quyidagi havola orqali bölib ötmoqda va 1-aprel kuniga qadar davom etadi. Ovoz beriş uçun klub rasmiy saytidan röyxatdan ötiş talab etiladi.
“Kayl Uokerdan keyin bunday tezlikni körmagan edik”
Hamyurtimizning mart oyidagi öyini haqida juda iliq fikrlar yozilgan. Jumladan:
ABDUQODIR HUSANOV
Abduqodir Husanov fevralda endigina 22 yoşga tölgan bölsa-da, goʼyo Angliya Premyer ligasida 250 ta öyin ötkazgan himoyaçidek harakat qiladi.
Özbekistonlik markaziy himoyaçimiz bu mavsumda maydonga tuşgan har bir uçraşuvda ajoyib öyin körsatdi va öyindan öyinga kuçayib borayotgandek tuyuladi.
Uning töp uçun kuraşdagi vaqtni töğri hisoblaşi, öyinni öqiy olişi va xavfni oldini oliş qobiliyati ajoyib.
Aynan uning aqlbovar qilmas tezligi himoya çiziğimiz uçun hayotiy muhim ahamiyat kasb etdi – biz Kayl Uoker ketganidan beri bunday tezlikni körmagan edik.
U mart oyida Yevropaning eng kuçli hujumkor iqtidorlariga qarşi munosib öyin namoyiş etdi va u şubhasiz, istiqboli porloq futbolçi.
U yanvar oyida “Etihad”ning “Oy öyinçisi” sovrinini qölga kiritgandi – mart oyida ham bu natijani takrorlay olarmikan?
ℹ️ Eslatib ötamiz, Abduqodir Husanov 2025-yilning fevral oyida hamda 2026-yilning yanvar oyida “Oy öyinçisi” deya topilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars



