Abituriyent xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabuli tugaşiga 2 kun qoldi
❗️Abituriyent xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabuli tugaşiga 2 kun qoldi
#abituriyent
🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron şaklda qabul qilinadi.
📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
👩🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik örtaça daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oşmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etil tuşuniladi;
➖ töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
➖ turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
➖ nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;
➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
✅ Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kişiga beriladi, deb xato öylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARÇA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Yaʼni tavsiyanomalar soniga çeklov yöq, neça kişi töğri kelsa, barçasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Yaʼni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bölsa, şularning orasidan 2 ming kişi qöşimça kvotaga talabalikka qabul qilinadi.
❗️Tavsiyonoma berildi degani, öqişga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball oliş ham talab etiladi. Köpçilik tuşunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega öqişga qabul qilinmadim” deb eʼtiroz bildiradi.
⏳❓Tavsiyanoma muddati qança?
5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uçun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.
‼️ESLATMA: ötgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborişlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bölgani uçun joriy yilda ötmaydi.
ℹ️ Maʼlumot uçun: bir kişi ikkala tavsiyanomani olişi ham mumkin, şartlariga töğri kelsa böldi.
👉 @xushnudbek 👈


