Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senat yalpi majlisida internet trafigi qimmatligi haqida maʼlumot berdi

Matn17-mart, 2021, 16:011 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzVazir Özbekistonda internet qimmatligi, tezligi pastligi (128-örin) va aholi qamrovi atigi 51 foiz ekanini uyatli holat deb atadi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senat yalpi majlisida internet trafigi qimmatligi haqida ayrim maʼlumotlarni bergan edi. Jumladan, Özbekistonda 1 GB mobil internet trafigi 16 ming söm va bu jahonda 54-örindaligi, internet tezligi böyiça esa 128-örindaligimiz, şuningdek Özbekistonda aholining internet qamrovi atigi 51 foiz va bu 21-asr uçun uyatligini aytgandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bu böyiça bayonot berdi.

Unda aytilişiça, Ruslanbek Davletov yuqoridagi maʼlumotlarni cable.co.uk resursidan olgan va bu 2020-yilning fevral oyida şakllantirilgan bölib, hozirgi kundagi körsatkiçlarga mos kelmaydi.

AKT vazirligi 2021-yilning mart oyi holati böyiça Özbekistonda faoliyat yurituvçi mobil aloqa operatorlarining 1 Gigabayt internet trafik uçun eng qimmat, eng arzon va örtaça narxlariga töxtalib ötdi.

«Bugun aholining oylik örtaça internet sarfi 4-5 gigabaytni taşkil etadi. Aynan şu asosda amaldagi mobil internet paketlari narxlari tahlil qilinganda 1 GB hajmdagi mobil internet xizmatining örtaça narxi 6-7 ming sömni taşkil etmoqda», deyiladi AKT vazirligi xabarida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek