Afröza Hamdamova - jahon çempionatining sensatsiyasi böldi
Afröza Hamdamova - jahon çempionatining sensatsiyasi böldi
AQŞda bölib ötgan ayollar örtasidagi rapid böyiça jahon çempionatida 15 yoşli hamyurtimiz 🇺🇿Afröza Hamdamova 11 imkoniyatdan 8 oçko töpladi.
2-örindan 7-öringaça Afrözadan taşqari yana 5 nafar şaxmatçida (barçasi grossmeysterlar) bir xil 8 oçko bor edi. Afsuski, qöşimça körsatkiçlarga köra, Afrözaga 7-örin nasib qildi. Unga 22,5 ming AQŞ dollari miqdorida mukofot puli beriladi.
Şunday bölsada, Afröza musobaqaning haqiqiy sensatsiyasi böldi. U reyting böyiça 83-örinda qayd etilgandi, yakunda çempionlik uçun daʼvogarlik qildi.
Turnir davomida Afröza 218 reyting oçkosini qölga kiritdi va live reytingda rapid böyiça dunyodagi TOP-20 ayol şaxmatçisi qatoridan örin egalladi.
Barakalla, Afröza! Sen haqiqiy qahramonsan! Alloh ilmingni yanada ziyoda qilsin!
Musobaqada 8,5 oçko bilan 🇮🇳Hampi Koneru jahon çempioni unvonini qölga kiritdi.
Afsuski, yigitlarimiz ham sovrinli örinlarni qölga kirita olmadi. Javohir Sindorov 9 oçko bilan 6-örinni, Nodirbek Abdusattorov esa 8 oçko bilan 28-örinni qölga kiritdi. Jahongir Vohidov 7,5 oçko, Muhiddin Madaminov 7 oçko, Şamsiddin Vohidov 5,5 oçko töpladi.
👉 @xushnudbek 👈


