Afsus, boksda erkaklar orasidagi ikkinçi yöqotişimiz
Afsus, boksda erkaklar orasidagi ikkinçi yöqotişimiz.
Törabek Habibullayev ikki karra Olimpiada çempioni kubalik Arlen Lopez Kardona bilan jang qildi. Yodingizda bölsa, Rio-2016 finalida Lopez hamyurtimiz Bektemir Meliqöziyevni mağlub etgandi.
Törabek heç bir jabhada maşhur Lopezdan ortda qolgani yöq, aksinça undan yaxşiroq ham urişdi. 20 yoşli boksçimizga şunçaki qoyil! Gap-söz bölişi mumkin emas!
Ammo hakamlar 3:2 hisobida Lopez foydasiga ğalabani berişdi. Ayniqsa, 1-raundda hakamlar nega Lopezga ğalaba berişganini umuman tuşunmadim.
Törabek, boşingni baland kötar! Sen biz uçun ğolibsan! Öz ustingda işlaşdan töxtamasang, Xudo xohlasa, seni kelajakda katta ğalabalar kutib turibdi!
👉 @xushnudbek 👈



