Muhim

Agar xodim özi rozi bölmasa, haşar munosabati bilan iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas

Matn15-mart, 2024, 16:522 daqiqa0 koʻrish

❗️Agar xodim özi rozi bölmasa, haşar munosabati bilan iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas

Har yilgi anʼanaga muvofiq, joriy yilning 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya haşari ötkaziladi. Odatda, haşar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik iş haqi uşlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga ötkazib berilişiga odatlanib qolganmiz. Yaʼni heç kim xodimlardan sörab ham ötirmaydi, şunçaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik iş haqini ötkazadi, tamom.

Köpçilik xodimlar esa buni sezmaydi ham!

‼️Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, haşar munosabati iş haqidan uşlab qolinişi mutlaqo IXTIYORIY, heç qanaqa MAJBURIY EMAS!

Çunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga köra xodimning yozma roziligi bölmay turib uning iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas. Şuningdek, mazkur moddada iş haqidan xodimning roziligisiz ham uşlab qolinişi mumkin bölgan holatlar sanab ötilgan bölib, ular orasida haşar nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Köp holatlarda şunçaki taşkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki öşa majlisda hamma xodim qatnaşgan-u, haşarga 1 kunlik iş haqini berişga rozi bölgani haqida yozib qöyiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham notöğri, bunaqa usul bilan xodimlarning iş haqidan uşlab qoliş NOQONUNIY! Har bir xodim özi şaxsan haşar uçun 1 kunlik iş haqini uşlab qolişga rozi ekanligi haqida imzo çekişi ŞART!

✅ Haşar — bu özbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bölsa, haşarda albatta qatnaşing, atrofimizni obodonlaştiriş, tozalaş işlarida faol böling. Kam taʼminlangan, nogironligi bor şaxslarga, ehtiyojmand oilalarga yordam qölini çözing, ulardan hol-ahvol sörang. Jamoatçilik işlarida tomoşabin bölib çetda turmang.

Ammo 1 kunlik iş haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga ötkaziş yoki ötkazmaslikni özingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Çunki siz u pulni halol işlab topgansiz, özgalar sizdan söramasdan uni işlatişiga haqqi yöq. Şuni bilib qöysangiz, yomon bölmasdi. Haq olinur, berilmas!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek